O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 31-oktabr, payshanba kuni Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan ShHT bosh kotibi Vladimir Norov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda 1-noyabr, juma kuni ochiladigan Hukumat rahbarlari kengashining majlisi kun tartibiga kiritilgan ShHT doirasidagi hamkorlikning hamda tashkilotda O‘zbekiston amaliy ishtirokining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Izoh (0)