Prezident Shavkat Mirziyoyevning qat’iy irodasi va sa’y-harakatlari bilan Iroq va Suriyadagi urush changalidan olib kelingan bolakaylar endi xavfsiz joyda. Bu haqda davlat rahbarining kenja kuyovi, Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov Telegram’dagi sahifasida ma’lum qilgan. ⠀
“Ayolim bilan ular holidan xabar olib keldik. Bunga bir necha kun bo‘lganiga qaramay, xayolim o‘sha kunga qayta-qayta olib ketyapti. Bolakaylarning jajji qo‘llaridan ushlab, ko‘zlariga boqqanda poklik, mehr-muhabbat, nur ko‘rasan va tushunolmaysan kishi — nima uchun biz, kattalar dunyodagi yovuzlikni to‘xtata olmaymiz, nima uchun hamon atrofimizda o‘q ovozlari eshitilmoqda...
Bolaning begonasi bo‘lmaydi. Bu yorug‘ olamdagi go‘daklarning barchasi bizning farzandimiz. Ularning tabassumi va ko‘z yoshlari, quvonchi va qayg‘usi, buguni va ertangi kelajagi uchun ham barchamiz javobgarmiz”, — deyiladi Otabek Umarov qoldirgan postda.
Izoh (0)