• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davlat bojxona qo‘mitasi jismoniy shaxslar uchun yagona bojxona to‘lovi joriy qilinishi haqidagi taklifga izoh berdi

    Davlat bojxona qo‘mitasi “Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygani haqida xabar berilgan edi. Qo‘mita mazkur qaror loyihasiga izoh berdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Qaror loyihasiga ko‘ra, 2020-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston davlat chegara punktlari orqali jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan hamda fuqarolarning nomlariga xalqaro pochta jo‘natmalari orqali kelayotgan tovarlarga bojxona to‘lovi o‘rniga yagona bojxona to‘lovini joriy qilish taklif qilingan.

    Shu bilan birga, loyihada yagona bojxona to‘lovi, xususan, respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan chegaraviy normadan oshgan tovar qiymatidan kelib chiqib, tovarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodi va kelib chiqish mamlakatidan qat’i nazar, barcha toifadagi tovarlar bo‘yicha undirilishi ko‘zda tutilgan.

    Yagona bojxona to‘lovini quyidagi miqdordagi stavkalarda o‘rnatish taklif etiladi:

    • oziq-ovqat mahsulotlari uchun — 30 foiz, lekin kamida 1 kilogramm uchun 2 AQSh dollari;
    • nooziq-ovqat mahsulotlari uchun — 50 foiz, lekin kamida 1 kilogramm uchun 4 AQSh dollari.
    Stavkalar amalda o‘rnatilgan bojxona bojlari, aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalarining o‘rtacha yig‘indisi asosida hisoblanadi.

    Masalan, sut mahsulotlaridan biri bo‘lgan pishloq tovariga 15 foiz miqdorida bojxona boji, 10 foiz miqdorida aksiz solig‘i va 15 foiz miqdorida qo‘shilgan qiymat solig‘i belgilangan. Jami bo‘lib ushbu tovarga 44 foiz miqdorida bojxona to‘lovlari to‘lanishi lozim.

    Joriy qilinayotgan tartibga muvofiq esa pishloq mahsulotiga 30 foiz miqdorida yagona bojxona to‘lovi joriy etilmoqda.

    Shu kabi holatni shokolad mahsulotlari misolida ham ko‘rish mumkin, xususan, ushbu mahsulotga 30 foiz miqdorida bojxona boji, 10 foiz miqdorida aksiz solig‘i va 15 foiz miqdorida qo‘shilgan qiymat solig‘i belgilangan. Jami bo‘lib ushbu tovarga 61 foiz miqdorida bojxona to‘lovlari to‘lanishi lozim.

    Joriy qilinayotgan tartibga muvofiq shokolad mahsulotiga 30 foiz miqdorida yagona bojxona to‘lovi joriy etilmoqda.

    Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlari hisoblanuvchi va tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasining 6105 tovar pozitsiyasida tasniflanadigan kiyim-kechak tovarlari uchun 20 foiz miqdorida bojxona boji va 15 foiz miqdorida qo‘shilgan qiymat solig‘i belgilangan. Jami bo‘lib ushbu tovarga 38 foiz miqdorida bojxona to‘lovlari to‘lanishi lozim.

    Hozirgi amaliyotda jismoniy shaxslar tomonidan olib kelingan ushbu tovarlarning kelib chiqish sertifikatlari taqdim qilinmagan taqdirda Bojxona kodeksining 300-moddasi talablariga muvofiq ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan bojxona bojlarining stavkalari ikki baravar oshirilgan miqdorida hisoblanadi. Bu holatda pishloq mahsulotiga 51 foiz, shokolad mahsulotiga 95 foiz, kiyim-kechak tovarlariga 61 foiz miqdorida bojxona to‘lovlari belgilanadi.

    Ushbu tahlillardan ko‘rinib turibdiki, yagona bojxona to‘lovining joriy etilishi chegara o‘tkazish punktlarida jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan me’yorlardan ortiq tovarlar uchun to‘lovlarni hisoblash tartibotlarini keskin soddalashtiradi va tirbandliklarning oldini oladi, deyiladi qo‘mita izohida.

    Shuningdek, chegara o‘tkazish punktlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tilayotgan belgilangan me’yordan ortiqcha tovarlar uchun to‘lovlarni hisoblashga sarflanayotgan o‘rtacha vaqtni 40 daqiqadan 10 daqiqagacha qisqartirish imkonini beradi.

    Ta’kidlanishicha, bu kabi amaliyot Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlarda ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu davlatlarda jismoniy shaxslar tomonidan bojsiz olib kirish normasidan oshgan olib o‘tilayotgan tovarlar bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvi QQS, aksiz va bojxona boji o‘rniga, soddalashtirilgan tartibda, yagona bojxona to‘lovini undirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

    Mazkur to‘lov shakli tovarlar qiymatidan 30 foiz, lekin har bir kilogrammdan to‘rt yevrodan kam bo‘lmagan miqdorda me’yordan oshgan qismiga undiriladi.

    Shu bilan birga, loyihada jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali qo‘l yuki bilan olib kirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining sanoat qadoqlari bo‘lishi majburiy shartini kiritish taklif etilmoqda.

    Chunki, hozirgi vaqtda chegara bojxona postlari orqali jismoniy shaxslarning qo‘l yuki ichida sanoat qadoqlarisiz oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish holatlari ko‘plab uchramoqda.

    Mazkur vaziyatni o‘rganish natijasida, mamlakatga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari sifati yaxshi emasligi hamda mahsulotga qo‘yilgan sanitariya-epidemiologik va gigiyenik talablarga javob bermasligi aniqlandi.

    Xalqaro tajribaga ko‘ra, Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi, Xitoy Xalq Respublikasi, AQSh mamlakatlarida jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlar (go‘sht, sut mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari)ni olib o‘tish chog‘ida sanoat qadoqlarining mavjud bo‘lishi sharti nazarda tutilgan va sanoat qadoqlari bo‘lmagan tovarlarni olib kirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunga sabab qo‘l yukida olib kirilayotgan hatto ozgina miqdordagi go‘sht qadoqlanmagan bo‘lsa, u bilan oqsim, cho‘chqa grippi, parranda grippi, Qrim kongo lixoradkasi, qorason kabi kasalliklar kirib kelishi ehtimoli paydo bo‘ladi hamda pirovard natijada davlatning butun bir chorvachiligi qirilishi mumkin.

    Yoki ikkinchi holatda mevalar yoki urug‘larda o‘simliklar kasalliklarini tarqatuvchi zararli organizmlarning kirib qolishi davlatning o‘simlik dunyosi nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

    Texnik tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovarlarni olib kirilishining oldini olish uchun jismoniy shaxslar tomonidan olib kirishda tadbirkorlik faoliyati maqsadini nazarda tutmaydigan tovarlar toifalari ro‘yxatini loyiha bilan tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

    Mazkur ro‘yxatga tibbiy, xirurgik, stomatologik yoki veterinar mebellari, markaziy isitish uskuna-anjomlari va boshqalar kiritilgan.

    Ushbu tovarlar olib kirilgan taqdirda, bojxona idoralari tomonidan ular shaxsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan tovarlar toifasiga kiritilmay, ularga belgilangan tartibda notarif boshqaruv usullari qo‘llaniladi.

    26.10.2019, 07:13   Izoh (0)   13422
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hududgazta’minot” kompaniyasi isitish qurilmalarining dudburonlarini tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma e’lon qildi

    26.10.2019, 06:34

    Shavkat Mirziyoyev banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    25.10.2019, 23:56

    Toshkentda “Yaqinlardan xabar ol” loyihasi amalga oshirilmoqda

    25.10.2019, 23:28

    O‘zbekistonga kirish vizalari tizimlashtirildi

    25.10.2019, 23:14

    Majburiy ijro byurosining tarkibini yangilash rejalashtirilmoqda

    25.10.2019, 22:41

    Qozog‘istonda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarning TIVga murojaati javobsiz qolganiga vazirlik munosabat bildirdi

    25.10.2019, 22:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01

    “An-Nassr” “Bavariya” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 9 avgust, 22:24

    “Hizbullohning qurolsizlantirilishiga qarshimiz” — Eron rasmiysi

    Dunyo | 9 avgust, 22:20

    Indoneziya G‘azo jabrdiydalari uchun kimsasiz orolda shifoxona ochadi

    Dunyo | 9 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.