2019-yilning dastlabki to‘qqiz oyida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 361,85 trillion so‘mni tashkil qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining hisobotida ma’lum qilingan.
Hisobotga ko‘ra, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM 10,8 million so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 foizga o‘sgan.
Mavzuga doir: Joriy yilning 9 oyida O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 251,8 trillion so‘mni tashkil qildi
Hisobotda qayd etilishicha, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaIM umumiy hajmining 90,9 foizini tashkil etgan va o‘tgan yilga nisbatan 5,7 foizga o‘sgan.
Izoh (0)