Iroq mudofaa vaziri Najoh ash-Shamariy AQSh harbiylarining mamlakat hududini to‘rt hafta ichida tark etishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning “Tinchlik bulog‘i” harbiy operatsiyasi sabab Suriya hududidan chiqarilib Iroqqa o‘tkazilgan Amerika qo‘shini bir oy ichida mamlakatdan chiqarilib Qatar yoki Kuvayt tomon yo‘l oladi.
“Suriyadan kirib kelgan AQSh qo‘shini to‘rt hafta ichida Iroq hududidan chiqib ketadi. Amerikalik harbiylar Kuvayt yoki Qatarga ketadi” — deya ta’kidlagan Iroq mudofaa vaziri Najoh ash-Shamariy.
23-oktabr, chorshanba tongida Pentagon rahbari Mark Esper norasmiy tashrif bilan Bag‘dodga kelgan. U Iroqda mamlakat mudofaa vaziri Ash-Shamariy hamda bosh vazir Odil Abdul Mahdiy bilan amerikalik harbiylarning Suriyadan chiqib ketishini muhokama qilishni rejalashtirgan.
Mavzuga doir: Iroq hukumati Suriyadagi vaziyat sabab mamlakat yana urush yoqasiga kelishi mumkinligidan xavotirdaligini bildirdi
Izoh (0)