• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda joriy yilning 9 oyida 234,7 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sanoatni rivojlantirish, neft-gaz mahsulotlari ishlab chiqarish va iste’molchilarga muntazam yetkazib berish borasidagi ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Majlis avvalida mutasaddilar joriy yilning to‘qqiz oyida ishlab chiqarish hajmi, prognoz parametrlarining bajarilishi bo‘yicha hisobot berdi. Qayd etilganidek, shu vaqt mobaynida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 234,7 trillion so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 foizga o‘sgan. Buning 6,5 foizi iqtisodiyot “drayveri” — ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelgan, deyiladi xabarda.

    Xususan, avtomobilsozlikda katta o‘sish sur’atlari ta’minlangan. 2018-yilning mos davriga nisbatan yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 40 foiz, yuk mashinalari 33 foiz, avtobuslar 3,8 marta, avtomobil dvigatellari 45 foiz oshgan.

    Boshqa tarmoqlar bo‘yicha olganda, trikotaj mato ishlab chiqarish 26 foizga, charm mahsulotlari 22 foizga, sement 18 foizga, kabel-o‘tkazgichlar 23 foizga, iste’mol tovarlari hajmi qariyb 16 foizga o‘sgan.

    Hududlar kesimida eng ilg‘or ko‘rsatkichlar Andijon, Namangan, Xorazm, Samarqand, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Joriy yil boshidan buyon jami 72,4 mingta, sanoat tarmoqlarida 16 mingga yaqin yangi kichik biznes korxonalari tashkil qilingan. Jami kichik sanoat korxonalari soni 2018-yilning mos davriga nisbatan 25 foizga ko‘paygan.

    Tadbirkorlarning sanoatdagi ulushi ham sezilarli ortmoqda. Joriy yilning to‘qqiz oyida kichik biznes korxonalari tomonidan jami 81 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu jami sanoat ishlab chiqarishining 34,5 foizini tashkil qiladi.

    Sanoat rivoji eksport hajmining 24 foizga ko‘payishini ta’minladi. Jumladan, yengil avtomobillar eksporti 3,3 marta, avtobuslar 2 barobar, yuk avtomashinalari 1,5 marta, transformator va akkumulyatorlar 2,7 marta, kabel-o‘tkazgich mahsulotlari 2,2 baravar, poyabzal 2,1 karra oshgan. Tayyor trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari 25 foiz, trikotaj mato 31 foiz, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari 38 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 14 foiz, rangli metallar va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotlar 45 foiz, qora metalldan ishlab chiqarilgan mahsulotlar 54 foiz oshgan.

    Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga sanoat tarmoqlaridagi holatni doimiy ravishda tahlil qilib borish, muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish, hududlarning sanoat salohiyatini yanada oshirishga turtki beradigan tizim yaratish yuzasidan topshiriq berildi. Bunda kichik va o‘rta biznes korxonalari bilan ishlashga alohida ahamiyat qaratish zarurligi ta’kidlandi.

    Yig‘ilishda neft-gaz tarmog‘idagi ishlar holati ham tahlil qilindi. So‘nggi yillardagi keng qamrovli institutsional islohotlar doirasida neft-gaz tarmog‘ida boshqaruv samaradorligini oshirish va tizimni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ahamiyati ta’kidlab o‘tildi.

    Bu borada sohadagi ayrim muammolar, belgilangan loyihalarni amalga oshirishdagi kamchiliklar muhokama qilindi. Yil yakuni bo‘yicha ehtimoli bo‘lgan qoloqliklar o‘rnini to‘ldirish, shuningdek, 2020-yilda neft, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hamda taqsimlash prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

    Bunda uglevodorod xomashyosini qazib olish va qayta ishlash hajmini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va eksportga yoqilg‘ini uzluksiz yetkazib berish, texnologik sarf-xarajat va yo‘qotishlarni kamaytirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

    Energetika vazirligi va neft-gaz tarmog‘i korxonalari rahbarlariga neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hamda ularni iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga yetkazib berish prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

    Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, jalb qilinayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish, neft-gaz mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish uchun qo‘shimcha zaxiralarni shakllantirish, quduqlar kesimida qazib chiqarish hajmlarini nazorat qilish va hisobini yuritish tizimini joriy etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklandi.

    Mazkur vazifalarni muvofiqlashtirish uchun Hisob palatasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Energetika vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar rahbarlaridan iborat tarkibda Ishchi guruh tuzish taklif qilindi.

    Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlash, bunda mamlakat iste’molchilarini yoqilg‘i-energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash choralariga e’tibor qaratish topshirildi.

    23.10.2019, 23:28   Izoh (0)   12085
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    MIB Toshkent shahrida joriy yilning 9 oyida 5 trln so‘mdan ortiq mablag‘ni undirdi

    23.10.2019, 22:58

    Mahalliy multfilmlarning 90 foizi telekanallarda namoyish etilmasligi ma’lum qilindi

    23.10.2019, 22:29

    Markaziy bank: “Valyuta ‘qora bozori’ni yo‘q qilish uchun tadbirkorlarga erkinlik berish zarur”

    23.10.2019, 22:14

    Toshkentda “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi a’zolari qo‘lga olindi

    23.10.2019, 21:57

    Markaziy bank: “Tovarlarni valyutada sotishga ruxsat berish bankdan tashqarida xufiyona iqtisodiyot yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi”

    23.10.2019, 21:42

    Video: Qarshida bo‘ynidan igna olib tashlangan yigitning operatsiyasi 45 daqiqa davom etgan

    23.10.2019, 21:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.