“O‘zbekkino“ Milliy agentligi huzuridagi “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK direktori vazifasini bajaruvchi, rejissor Dmitriy Vlasov O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan multfilm mahsulotlarining 90 foizi telekanallar orqali namoyish etilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning “Bolajon” telekanali milliy multfilmlarga e’tibor qaratmaydi.
“Bizda yaxshi animatsiyalar bor, 53 yildan beri o‘zbek multiplikatsiyasi ishlab kelmoqda. Ushbu davr ichida zo‘r filmlar ishlab chiqilgan. Ko‘p filmlarni sanab chiqishim mumkin. 600—700 ta film bor. Ushbu ishlab chiqarilgan filmlarning 90 foizi telekanallar orqali namoyish etilmaydi“, — deydi rejissor.
Mualliflik huquqi “O‘zbekkino”ga qaraydi. Endi o‘ylab ko‘ring. “Bolajon” davlat kanalimi? Demak, xalqning to‘lagan solig‘iga ishlaydimi va multstudiya ham? Demak, studiya xalqning puliga film ishlab chiqargan, “Bolajon” xalq puliga ishlangan filmlarni ko‘rsatishi kerak xalqqa.Dmitriy Vlasov, “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK direktori vazifasini bajaruvchi
Rejissorning qayd etishicha, ishlab chiqarilgan 600—700 ta multfilmdan 200—300 tasi zamon talabiga javob beradi, sifatli filmlar. Biroq milliy mahsulotlar nazarga olinmaydi. Qo‘shni mamlakatlardan o‘zbek animatsiyasi kuchli.
Izoh (0)