20-oktabr, dam olish kunida Samarqand viloyati tuman va shahar ma’muriy sudlarining 65 nafar sudya va xodimlari Past Darg‘om tumanidagi “Zafar” fermer xo‘jaligi dalasida paxta terdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Ular kun davomida 1630 kilogramm paxta terib (kishi boshiga 25 kilogramm), fermer xo‘jaligi paxta xirmoniga hissa qo‘shdi.
Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ham oktabr oyi boshida paxta terimiga chiqib, kechga qadar 65 kilogramm paxta tergan edi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev boshchiligidagi 235 nafar xodim esa bir kun davomida 9,4 tonna (kishi boshiga 40 kilogrammdan) paxta tergani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)