Jahon bankining Xalqaro arbitraj sudi O‘zbekiston tomoni Turkiyaning Gunes Tekstil Konfeksiyon Sanayi ve Ticaret Ltd kompaniyasiga musodara qilingan mol-mulkining kompensatsiyasi sifatida 40 million dollar to‘lashi kerakligi haqida qaror chiqardi. Bu haqda Global Arbitration Review xabar berdi.
Sudga taqdim qilingan hujjatlarga ko‘ra, turk kompaniyasining rahbari Vohid Gunesh O‘zbekistondan 180 million dollar talab qilgan, bundan tashqari, ma’naviy zarar undirilishini istagan. Biroq sud uning talabini qisman qanoatlantirdi.
Turkiyalik tadbirkor sud qaroridan mamnunligini, ayni paytda O‘zbekistonda biznes yuritish uchun hech qanday to‘siq yo‘qligini aytgan.
Vohid Gunesh 2004—2011-yillarda O‘zbekistonda biznes bilan shug‘ullangan, Toshkentdagi “Turkuaz” nomli yirik savdo markazini boshqargan.
Izoh (0)