Toshkentning Yashnobod tumanida bir guruh shaxslarning MChJning juda ko‘p miqdordagi mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha fuqarolar F.R., B.Z., Sh.A., yakka turdagi tadbirkor R.K. va “Kamol” ismli shaxslar, Buxoro shahridagi “X-A” MChJ bosh hisobchisi M.D.ning ishonchiga kirib, jamiyatdan yakka turdagi tadbirkor R.K. hisob raqamiga qurilish ishlari uchun o‘tkazilgan 340 million so‘mni turli savdo tarmoqlariga o‘tkazish orqali naqdlashtirgan.
Fuqaro F.R. tomonidan firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan mablag‘larning 9 500 dollariga yengil avtomashina sotib olinib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar F.R., B.Z., Sh.A., yakka turdagi tadbirkor R.K. va “Kamol” ismli shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)