Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan viloyatning o‘ziga xos milliy va Yevropa taomlari, dam olish maskanlari hamda xizmat ko‘rsatish sifati bilan alohida ajralib turuvchi umumiy ovqatlanish maskanlarini o‘zida aks ettiruvchi gastronomik turizm xaritasi ishlab chiqildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Xaritaning e’tiborga molik jihati — ushbu umumiy ovqatlanish maskanlarining joylashgan o‘rni (geolokatsiyasi)ni QR kod yordamida aniqlash imkoniyati mavjud.
Izoh (0)