PSJda ijara asosida to‘p surayotgan Mauro Ikardi Parij klubining to‘laqonli a’zosiga ayalanishi kutilmoqda. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, PSJ transfer huquqi “Inter”ga tegishli bo‘lgan Ikardini ijara muddati yakuniga yetgach sotib oladi.
Ikardi PSJga kelishdan avval “Inter” bilan shartnomasini 2022-yilga qadar uzaytirgandi. PSJ esa Mauroni 70 million yevro evaziga sotib olish huquqini qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Ikardi PSJ safida Liga 1 ning 3 ta o‘yinida qatnashib, 2 ta gol urdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)