“Tottenhem” yarim himoyachisi Kristian Eriksen transfer bozorida bir qator klublar qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.
Daily Mail nashrining xabar qilishicha, 27 yoshli daniyalik futbolchini PSJ o‘z safida ko‘rishni maqsad qilgan. Parijliklar Eriksenni mavsum so‘nggida tekinga qo‘lga kiritishni mo‘ljal qilmoqda. Yozda Kristianning “Tottenhem” bilan amaldagi shartnomasi tugaydi.
Shuningdek, PSJ 2020-yilning yozida yarim himoyachilar Leandro Paredes va Yulian Draksler bilan xayrlashmoqchi.
Avvalroq Eriksen yanvardayoq “Real”ga yo‘l olishi mumkinligi xabar qilingandi. Unga shuningdek, “Bavariya” va “Yuventus”dan ham qiziqish bor.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)