Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida “Sisim” kompaniyasi bosh direktori Maksim Kovalkov qo‘lga olindi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Mazkur kompaniyaga damba o‘pirilishi yuz bergan oltin koni tegishli bo‘lgan.
O‘pirilish va ishchilar yotoqxonasini suv bosishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi kasalxonaga yotqizildi, 6 kishi qidirilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya bosh direktori bilan birga uchastka boshlig‘i va kon ustasi ham qo‘lga olingan. Ular tergov bo‘linmasiga olib ketilgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Krasnoyarsk o‘lkasida 21-oktabr damba o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni deb e’lon qilingan.
Izoh (0)