Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Alesandr Uss 21-oktabrni Kuraginsk tumanida damba o‘pirilishida halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 18-oktabr, juma kuni kechki payt damba o‘pirilishi va ishchilar posyolkasidagi ikki yotoqxona suv ostida qolishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi bedarak yo‘qolgan.

Favqulodda holatni bartaraf etish va bedarak yo‘qolganlarni qidirishga 300 nafarga yaqin odam, 6 ta MI-8 vertolyoti hamda bir necha kichik kema jalb etilgani aytilmoqda.

Avvalroq Krasnoyarsk o‘lkasi, Kuraginsk tumanidagi Seyba daryosida oltin qazib oluvchi artelga qarashli texnologik suv havzasining dambasi o‘pirilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?