• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Suriyada kurdlar Rossiya bilan ittifoq tuzdi, ammo Turkiya ularga zarba berishda davom etmoqda. Nima, bu endi Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi urushmi?

    Turkiya armiyasining hujumiga uchragan va amerikalik sobiq ittifoqchilari tomonidan tashlab ketilgan Suriya kurdlari 14-oktabr kuni o‘z himoyalari uchun Rossiya va Suriyaning rasmiy hukumatini chaqirishga qaror qildi. Evaziga ular o‘zlarining kvazidavlatlaridan voz kechishlari va o‘z “armiyalari”ni tarqatib yuborishlari lozim. Ushbu kelishuv bo‘yicha Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatning so‘nggi besh yil davomida o‘zi nazorat qilmagan uchdan birini — bir necha yirik shaharlar va iqtisodiyot obyektlari bilan birga — deyarli jangsiz qo‘lga kiritadi. Biroq “jangsiz” variant o‘xshamasligi ham mumkin: Moskva va Damashqning aralashuvi mamlakatda deyarli tinchib qolgan fuqarolar urushini yana jonlantirib yuborishi mumkin; Suriya armiyasi turkparast dindorlar va hatto turk armiyasi bilan jangga kirishgani haqida xabarlar allaqachon tarqalib ulgurdi. Meduza nashri AQSh prezidenti Donald Trampning birgina qaror Suriyadagi kuch muvozanatini qanday qilib bir hafta ichida butkul o‘zgartirib yuborganini tahlil qildi.

    Manbij yaqinidagi turk qo‘shinlari, 2019-yil, 14-oktabr.

    Manbij yaqinidagi turk qo‘shinlari, 2019-yil, 14-oktabr.
    Foto: Meduza

    AQSh prezidenti Donald Tramp 7-oktabr kuni Suriya shimoli-sharqidan Amerika qo‘shinlari olib chiqilishini e’lon qildi — ular bu yerda o‘zini muxtoriyat deb e’lon qilgan kurdistonlik ittifoqchilar bilan birga Frot daryosi sohili bo‘ylab yoyilib ketgan yetarlicha katta hududni nazorat qilib turgan edi. Tramp ushbu qaror Turkiyaning kurd bo‘linmalariga hujum qilish istagi bilan bog‘liq ekanini bildirdi — rasmiy Anqara kurd jangchilarini o‘z xavfsizligi uchun tahdid deb biladi; Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh “begona urushlarda qatnashmasligi kerak”, amerikaliklarning kurdlar bilan (IShID jangarilariga qarshi) ittifoqi esa vaqtinchalik bo‘lgan. Ayni vaqtda AQSh rahbari kurdlarga qarshi qaratilgan hujumni oqlamasligini ham ta’kidladi. Kurdlarning rahnamolari esa Trampning qarorini “orqadan berilgan zarba” deb atadi.

    Turkiya armiyasi 9-oktabr kuni to‘liq Turkiya tomonidan nazorat qilinadigan “Suriya milliy armiyasi” (NSA) tarkibiga kiruvchi suriyalik diniy aqidaparastlar ko‘magida, chegaradagi kurd hududlariga bostirib kirdi. Turkiyaning harakatlari AQSh Kongressi (respublikachilar tomonidan ham, demokratlar tomonidan ham) va Yevropa Ittifoqi tomonidan qoralandi. Tramp kongressmenlar bosimi ostida Turkiyaga nisbatan “vayronkor sanksiyalar” joriy etishga va’da berdi, Yevroittifoq mamlakatlari Anqaraga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ydi. Turkiya armiyasi to‘rt kun ichida chegara oldidagi yirik shaharlardan biri — Tell-Obyadni egallashga va kurdlar hududi tomon yanada ichkari borishga muvaffaq bo‘ldi. Oldinda bo‘lgan diniy aqidarparastlar Suriyaning eng asosiy magistrali — M4 yo‘lini egallab, u yerda kurd amaldorlarini olib ketayotgan bir necha mashinani to‘xtatdi. “Asirlar” darhol otib tashlangan, ularning qatl etish jarayoni videoga olingan.

    Turkiya bostirib kirguniga qadar Suriya xaritasi shunday ko‘rinishda edi.

    Turkiya bostirib kirguniga qadar Suriya xaritasi shunday ko‘rinishda edi.
    Foto: Meduza

    14-oktabrga o‘tar kechasi kurd muxtoriyati yetakchilari qaror qabul qildi: ular yordamga Suriya hukumatini chaqirishdi — bu ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlar ko‘p yillardan beri “na urush, na tinchlik” holatida edi. 2015-yil kuzidan beri amalda Damashqning ichki va tashqi siyosatini belgilab berayotgan Rossiya esa muzokaralarda vositachilik qilgan. 14-oktabr tongida Suriya armiyasi bo‘linmalari kurdlar egallagan hududlarga kirib keldi, Vladimir Putin esa “barcha xorijiy qo‘shinlar Suriya hududini tark etishlari lozim”ligini ma’lum qildi.

    Biroq Suriya qo‘shinlari kirib kelgan vaqtda nafaqat turklar, balki amerikalilar ham o‘z ittifoqchilari — fransuzlar va britaniyaliklar bilan birga hali kurdlarning hududini tark etib ulgurmagan edi. AQSh va Fransiyaning ko‘plab bazalari evakuatsiyani faqat 14-oktabrga kelib boshladi. Ushbu voqealar arafasida amerikaliklar kurdlar bilan qo‘riqlab turgan qamoqxona va lagerlardan IShIDning yuzlab asirlari qochib ketgani esa vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Hokimiyatning birdan o‘zgarishi va bir mintaqada bir vaqtning o‘zida bir necha mamlakat qo‘shinlarining ko‘chishi bilan yuzaga kelgan axborot tartibsizligi kurdlarning hududlarini amerikalik harbiylar bilan birga deyarli barcha G‘arb jurnalistlari ham tark etgani ortidan battar chigallashdi.

    Kurdlar Moskva va Damashq bilan aynan nimani kelishib olgan?

    Tomonlar aynan nimani kelishib olishgani to‘liq ma’lum emas. Kurdlarning yetakchilari faqat Suriya armiyasining majburiyatlari haqida chala-yarim gapirmoqda: ular yirik shaharlar va Turkiya bilan (ayrim joylarda allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan) chegara himoyasini o‘z zimmasiga oladi. Bunday “himoya” uchun kurdlar nima va’da qilgani faqat sizdirilgan ma’lumotlar asosida ma’lum. Katta ehtimol bilan, kelishuv quyidagicha bo‘lgan:
    • Kurdlarning muxtoriyati (faqat mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish darajasida) rasman saqlab qolinadi. Uning keyingi taqdiri Suriyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilinganidan so‘ng hal qilinadi.
    • Kurdlarning AQSh ko‘magida shakllantirilgan jangovar tuzilmalari (YPG) tarqatib yuboriladi. Ularning shaxsiy tarkibi Suriya armiyasining 5-zarbdor korpusiga kirishi mumkin — ushbu bo‘linma bevosita Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan tuzilgan va nazorat qilinadi.

    Turkiya-chi, u endi shularning bariga ko‘nishi kerakmi?

    Hozircha Anqara kurdlar himoyasi va, Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning aytishicha, Turkiyaning “xavfsizlikni ta’minlashi” uchun zarur bo‘lgan chegaraoldi hududlarini Suriya va Rossiyaga osonlikcha berib qo‘yadiganga o‘xshamayapti. U Suriyadagi “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasi “o‘z maqsadlariga yetmaguncha” davom ettirilishini ma’lum qildi. Mintaqaga Rossiya ko‘magidagi Suriya qo‘shinlari kirib kelgan vaqtda bu maqsadlarga qanday erishish mumkinligi — hozircha noaniq. Hozircha Turkiya ham, Rossiya ham ikki mamlakat o‘rtasida muloqot davom etayotganini va ular o‘rtasida to‘qnashuv yuz berishi “imkonsiz”ligini ta’kidlamoqda.

    Amerika qo‘shinlari va kurd bo‘linmalari tashlab ketgan hududlar hozircha “kim birinchi bo‘lsa, o‘sha ulgurdi” tamoyili asosida egallanmoqda. Suriya armiyasi mintaqadagi ikki yirik shahar — Raqqa (butun IShIDning sobiq “poytaxti”, kurdlar va amerikaliklar uni 2017-yili bir necha oylik janglardan so‘ng bosib olgan edi) va Manbijni (IShIDning chet ellik jangarilari uchun sobiq eng asosiy taqsimot bazasi) egalladi. Bundan tashqari, Tabka shahri yaqinidagi Suriyaning eng katta elektr stansiyasi ham Damashq nazoratiga o‘tdi.

    Tabka va Raqqa Suriya hududining ichkarirog‘ida joylashgani uchun ham muammosiz (amerikaliklar bu shaharlarni tark etganidan bir necha soat o‘tib) egallangan bo‘lsa, Manbij esa Turkiya chegarasiga yaqinroq. U yerda Suriya qo‘shinlari 14-oktabr oqshomida shaharga bostirib kirishga uringan turkparast dindorlar bilan to‘qnashdi. Kurdlarning rasmiy manbalari “yengil qurol vositasidagi janglar” haqida gapirmoqda. Kechga borib esa Suriya matbuoti Manbij yaqiniga joylashtirilgan Rossiya artilleriyasi diniy aqidaparastlarning marralariga zarba berganini xabar qildi. Turkiya Mudofaa vazirligi Turkiya va Rossiya bosh shtablari boshliqlari telefon orqali “Suriyadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat” yuzasidan shoshilinch muzokaralar o‘tkazgani haqida hisobot berdi.

    Ushbu muzokaralarda Turkiyaning bir ustun tarafi bor: u Suriya muxolifatining sezilarli darajada katta qismini nazorat qilib turibdi. Bu kuchlar Damashq uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan nuqtada — Idlib mintaqasida ishga solinishi mumkin: bu yerda hokimiyat hozircha rasman Bashar Asadni ag‘darish uchun faol kurash olib borayotgan turkparast dindorlar qo‘lida.

    17.10.2019, 12:56   Izoh (0)   54319
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Saudiya Arabistonida avtobus yonishi oqibatida 36 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi

    17.10.2019, 10:21

    AQSh Eronga kiberhujum uyushtirganini bildirmoqda. Forslar esa ushbu hujum amerikaliklarning tushida amalga oshganini ma’lum qildi

    16.10.2019, 23:43

    Isroil Turkiyaning “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasidan foydalanib Suriya hududidagi obyektlarga yashirincha zarba bergan

    16.10.2019, 23:12

    Nursulton Nazarboyevga Bokudagi sammitda Turk dunyosining oliy ordeni topshirildi

    16.10.2019, 21:41

    Afg‘oniston prezidenti va bosh vaziri saylovlar to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlikda ayblanmoqda

    16.10.2019, 21:10

    Kataloniyadagi norozilik namoyishlari davomida 70 nafardan ortiq kishi jabrlandi

    16.10.2019, 19:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 23:48

    Olimlar paratsetamolning kutilmagan xavfi haqida ogohlantirdi

    Dunyo | 25 avgust, 23:40

    Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qilish qoidalarini kiritish taklif etildi

    Dunyo | 25 avgust, 23:25

    Polsha prezidenti ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

    Dunyo | 25 avgust, 23:15

    Britaniyada vertolyot qulashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 25 avgust, 23:05

    “AQSH Ukrainaga pul bermaydi”. Tramp urush haqida yangi bayonotlar bilan chiqdi

    Dunyo | 25 avgust, 22:57

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.