Kataloniyada 16-oktabrga o‘tar kechasi yuz bergan norozilik namoyishlari chog‘ida 74 kishi tibbiy yordam uchun murojaat qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Namoyishchilardan 25 nafari tartibsizliklar va politsiyachilarga hujum qilgani uchun qo‘lga olindi.
Aksiya ishtirokchilari Ispaniya hukumatining Barselonadagi vakolatxonasi binosi oldida tartibsizliklar uyushtirdi. Ular yo‘llarda o‘t qo‘yib, axlat qutilarini ag‘darib, to‘siqlarni olib tashladi. Namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga keldi.
Barselonadan tashqari Tarragon, Lerid, Jirona va Sabadelda ham shunday namoyishlar bo‘lib o‘tgan. Aksiyada jami 40 ming kishi ishtirok etgani aytilmoqda.
Izoh (0)