• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Milliy gvardiya Andijonda qo‘riqlash xizmati xodimlari va fuqaro o‘rtasida yuz bergan janjal bo‘yicha munosabat bildirdi

    Milliy gvardiya xodimlari va fuqarolar o‘rtasida yuz bergan kelishmovchilik aks etgan video “Sizdan Telegram” kanalida e’lon qilindi.

    Videodagi yozuvlardan voqeaning Andijon viloyatida yuz berganini ko‘rish mumkin. Unda Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash xizmati xodimlari va bir erkak o‘rtasida yuz bergan janjal aks etgan. Milliy gvardiya xodimlari ularga qarshi gapirayotgan erkakni jim qilishga uringan.

    Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash boshqarmasi matbuot xizmati mazkur holat bo‘yicha bayonot berdi.

    Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati Qo‘riqlash xizmati texnik qo‘riqlash punkti tomonidan Andijon shahar, 3-kichik dahada joylashgan xonadonlardan biri fuqaro N.I. bilan 2019-yil 28-avgust kuni tuzilgan shartnomaga asosan qo‘riqqa olingan.

    2019-yilning 30-avgust kuni soat 20:50 da ushbu xonadondan “Tashvish” xabari kelib tushgan. Tezkor harakatlanuvchi guruh tomonidan xonadonga yetib borilganida, ushbu xonadonda fuqaro N.I.ning ukasi A.I. va uning turmush o‘rtog‘i A.Q. ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan xonadon kirish eshigini o‘zlarida bo‘lgan kalit yordamida ochib kirganligi aniqlangan. A.I. va uning turmush o‘rtog‘i A.Q.ga qo‘riqlovga olingan mulk talablari to‘g‘risida tushuncha berilib, hududiy IIBga borishlari lozimligi tushuntirilgan.

    Fuqaro A.I. va uning turmush o‘rtog‘i qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan nizo keltirib chiqarish maqsadida qo‘liga o‘tkir tig‘li jism olib, o‘ziga tan jarohati yetkazishi bilan qo‘rqitishga tushgan va voqea joyidan ketib qolgan. Ushbu holat yuzasidan tegishliligi bo‘yicha ma’lumot kiritilgan.

    Shundan so‘ng, 2019-yilning 20-sentabr kuni qo‘riqlovdagi ushbu xonadonga o‘rnatilgan signalizatsiya vositalaridan qayta-qayta “Tashvish” xabari kelib tushgan bo‘lib, har bir holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilganda uy atrofida hech kim aniqlanmaganligi sababli soxta tashvish xabari sifatida rasmiylashtirilgan. O‘sha kuni soat 16:00 da navbatdagi “Tashvish” xabari bo‘yicha zudlik bilan yetib borgan tezkor guruh xodimlari tomonidan 3-kichik daha, 61-uy 5-xonadon atrofi qayta ko‘zdan kechirish mobaynida xonadonning ichki qismini ko‘zdan kechirilishi zarurati tug‘ilgan.

    Xodimlar o‘rnatilgan tartibda ushbu xonadon va mahallaning ishonchli vakillaridan iborat guvohlar hamda o‘zlari bilan birga kelgan elektromontyor bilan birgalikda signalizatsiya vositalarini ko‘zdan kechirish uchun xonadonga kirganida, ularning izidan xonadon egasining ukasi I. A. kirib baqir-chaqir qilib, Qo‘riqlash xodimlarini haqorat qila boshlagan. Qo‘riqlash punkti xodimlari A.I.ga vaziyatni tushuntirib, ushbu xonadon qo‘riqlovga olinganligini, bu bo‘yicha xonadon egasi N.I. bilan shartnoma mavjudligini, signalizatsiya ishlab ketganlik holati bo‘yicha xonadonni ko‘zdan kechirishi va dalolatnoma tuzishi lozimligi tushuntirilganda, fuqaro A.I. mobil telefoni orqali ularni videoga olishni boshlagan. Milliy gvardiya xodimlari A.I.ni xonadondan chiqargan va xonadonni qayta qo‘riqqa topshirgan.

    Xabarda aytilishicha, fuqaro A.I. va uning yonida bo‘lgan ayol ko‘chaga chiqqandan keyin xodimlarni turli xil uyatsiz so‘zlar bilan haqorat qilishni boshlagan, biroq bu holatni videoga olmagan. Xodimlar bu xonadonni fuqaro N.I. bilan tuzilgan shartnoma orqali qo‘riqqa olganligini, agarda ushbu xonadon yoki uning egasi bilan mulkiy nizolari bo‘lsa, sudga murojaat qilishi lozimligi, qo‘riqda bo‘lgan obyektga nisbatan tajovuz uchun qonuniy javobgarlik mavjudligini tushuntirishga harakat qilgan, deyiladi Milliy gvardiya bayonotida.

    Qayd etilishicha, bu tushuntirishlarni eshitishni xohlamagan fuqaro A.I. jazavaga tushib, xodimlarni haqorat qilishda davom etgandan so‘ng xodim safdor F.Yunusov yonidagi PR-73 rezina tayoqchasini qo‘lga olib, qo‘riqlovdagi obyektga tajovuz qilganligi uchun gumondor sifatida hamda xodimlarni haqorat qilganligi uchun tegishli chora qo‘llanilishi, zarur bo‘lsa, jismoniy kuch ishlatilishi mumkinligi to‘g‘risida A.I.ni keskin ogohlantirgan va ulardan voqea joyini tark etishni so‘ragan.

    Mahallaning ishonchli vakillariga ushbu holat fuqaro A.I. tomonidan ataylab uyushtirilganligi va qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan nizoli vaziyatni yuzaga keltirish maqsadida bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, fuqarolar bilan muomala vaqtida qo‘pollikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

    Ta’kidlanishicha, Andijon shahar “Oxunboboyev” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan 2016-yilning 21-iyul kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudiga berilgan ma’lumotnomada fuqaro I.A. Andijon shahar 3-kichik daha, 61-uy, 5-xonadonda ro‘yxatda turmasligi va istiqomat qilmasligi ko‘rsatilgan hamda ushbu xonadonga tegishli “Uy daftari”ga kiritilmagan.

    Fuqaro I.A. o‘zining yaqinlari bilan bir necha marotaba mulk talashib nizolashgan, ularga tan jarohati yetkazganligi uchun ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda sud orqali ma’muriy javobgarlikka tortilgan, shuningdek, unga nisbatan 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasida (tovlamachilik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgani uchun 7 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilgan.

    Fuqaro A.I. 2019-yilning 2-oktabr kuni opasi N.I.ga tegishli bo‘lgan 86 million so‘mlik mol-mulklarni yashirincha olib chiqib ketganligi holati bo‘yicha Andijon shahar IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    16.10.2019, 21:56   Izoh (0)   45591
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qarshida buzilgan chiqindixona o‘rniga hayvonlarning jasadi tashlab ketilganidan aholi shikoyat qilmoqda

    16.10.2019, 21:25

    Sirdaryoda 30 mln so‘m qarzini qaytarmagan erkak o‘lasi qilib kaltaklandi

    16.10.2019, 20:40

    Shavkat Mirziyoyev chorvachilikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

    16.10.2019, 20:24

    O‘zbekistonda “Xizb ut-Taxrir” diniy-ekstremistik tashkilotiga a’zo shaxslar qo‘lga olindi

    16.10.2019, 20:09

    O‘zbekistonda jamg‘armasini dollarda saqlovchilar 3 oyda qariyb 2 martaga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi

    16.10.2019, 19:38

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” ichki qatnovlarga 60 foizgacha chegirmalarni joriy etdi

    16.10.2019, 19:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09

    Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.