Birlashgan Arab Amirliklarida xizmat safarida bo‘lib turgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi delegatsiyasi mamlakat rahbariyati vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda agentlik direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qilgan.
Jumladan, safar doirasida BAA bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
“Suhbat chog‘ida Shayx Sayf Ol-Nahayon O‘zbekiston xalqi va hukumatiga nisbatan chuqur hurmatda ekani hamda barcha sohalarda mamlakatimiz bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga tayyorligini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)