• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent shahar hokimligi shaharning isitish tizimi muammolari haqida ma’lumot berdi

    Toshkent shahar hokimligi nima sababdan issiqlik ta’minoti stansiyalari shaharning barcha aholisiga bir xil sifatdagi xizmat ko‘rsata olmasligini ma’lum qildi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Shahar hokimligi tomonidan taqdim etilgan videoga ko‘ra, bugungi kunda poytaxtdagi 11 141 ta bino markaziy isitish tizimiga ulangan. Bu obyektlarni bahorgi va kuzgi mavsumlarda isitish uchun yiliga 10,68 million gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi va buning uchun bir trillion so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi. Ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasining faqat 59 foizi iste’molchilarga yetib boradi. Nosozliklar hamda qurilmalarning ishdan chiqqanligi sababli 414,2 milliard so‘m miqdoridagi xarajat sarf bo‘ladi.

    Tarmoqda bir necha yildan buyon texnologik yangilash ishlari olib borilmaganligi sababli daromadlarning 85 foizi yoqilg‘i-energetika sarflariga ketadi.

    “Toshissiqlikquvvati” DUK mutaxassisining so‘zlariga ko‘ra, poytaxtning markazlashgan isitish tizimi 1970—1980-yillarda qurilgan va o‘shandan buyon yangilanmagan. Shu sababli issiqlikning ma’lum qismi iste’molchiga yetib bormaydi.

    Kompaniya bosh muhandisi Aziz Karimbekovning aytishicha, bugungi kunda issiqlik tarmoqlarining 2,7 ming kilometridan 1,9 ming kilometri belgilangan me’yorlardan oshgan vaqt davomida ishlamoqda. Bundan tashqari, ma’nan eskirgan 10 ta katta va 203 ta kichik qozonxona mavjud.

    Energiya resurslari sarfi va boshqa sabablar tufayli qarzlar mavjud.

    Shuningdek, hokimligi yopiq isitish tizimi qanday ishlashi haqida ham ma’lumot berdi. Xususan, issiqlik almashuv qurilmalari har bir uyning yerto‘lasida o‘rnatiladi. Issiqlik markazidan yetkazib beriladigan issiq suvning ma’lum miqdori issiqlik almashuv qurilmasidagi sovuq suvni kerakli haroratgacha isitadi va iste’molchiga yetkazib beradi.

    Mutaxassislarning fikricha, bu tizimning ustunligi shundaki, ishlab chiqarilgan issiqlikdan sirkulyatsiya usuli bilan qayta foydalanish mumkin, uning amalda joriy qilinishi esa tabiiy resurslarni o‘rtacha 30 foiz tejashga imkon beradi.

    Aziz Karimbekovning ma’lum qilishicha, Jahon banki dasturi asosida Sergeli tumanida ishlar olib borilmoqda. Noyabr oyida dastlabki tenderlar o‘tkaziladi. 2020-yildan boshlab yopiq isitish tizimini joriy qilish boshlanadi. Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida amalga kiritilishi rejalashtirilayotgan tizim Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Bank birinchi va oltinchi issiqlik markazlarini rekonstruksiya qilish uchun 150 million dollar ajratadi. Jahon banki Sergeli tumani uchun 54 million dollar ajratadi.

    Poytaxtda yopiq issiqlik tizimini yaratish bo‘yicha sinov loyihasi boshlangan.

    Kompaniya bosh muhandisining so‘zlariga ko‘ra, ko‘p qavatli uylarda individual issiqlik punktlari ham o‘rnatiladi. Kelayotgan issiq suv kvartiraga kirib, issiqlik beradi, kvartiradan chiqadi va sirkulyatsion usulda qaytib keladi. Har bir ko‘p qavatli uyda ana shunday sirkulyatsion tizimni ta’minlaydigan nasos stansiyasi o‘rnatiladi. Bu nasos stansiyalari kvartira ichidagi issiq suvni to‘liq aylantiradi va yashovchilarga issiqlikni belgilangan me’yorlar darajasida yetkazib beradi.

    Ma’lum bo‘lishicha, noyabr oyida Toshkentda issiqlik energiyasini yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha ham tender bo‘ladi. Loyiha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Shuningdek, Toshkentning issiqlik ta’minoti tizimini uzoq muddatli ijara shartlarida boshqaruvga berish masalalari bo‘yicha fransuz kompaniyasi bilan muzokaralar olib borilmoqda.

    Hokimligi tomonidan qayd etilishicha, bu masalada O‘zbekiston tomoni aholi manfaatlariga mos keladigan qulay hamkorlikka erishishni xohlamoqda.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Issiq suv va issiqlik ta’minotidagi barqarorlik — aholining hayotdan rozi bo‘lishini ta’minlovchi muhim omil

    15.10.2019, 07:11   Izoh (0)   14430
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Un ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan bug‘doy faqat birja orqali sotilishi belgilandi

    15.10.2019, 05:33

    O‘zbekiston eng ko‘p oltin saqlovchi davlatlar yigirmataligiga kirdi

    15.10.2019, 03:31

    Shavkat Mirziyoyev bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxena protokoliga qo‘shilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

    15.10.2019, 01:29

    Jizzaxga paxta terimiga kelgan erkak yotoqxonada 9 yoshli qizni o‘ldirish bilan tahdid qildi

    14.10.2019, 23:54

    “Investitsiya vizasi” egalariga 10 yillik yashash guvohnomasi beriladi

    14.10.2019, 23:23

    Toshkent viloyatida olimga mualliflik huquqi uchun qariyb 86 mln so‘m qarz undirib berildi

    14.10.2019, 23:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.