Toshkent viloyatida sud mualliflik huquqini himoya qilish bo‘yicha kiritilgan da’voni ijobiy hal qildi. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor “Toshkent sholi, don va dukkali ekinlar ilmiy tajriba stansiyasi”dan undiruvchi I.Logachev foydasiga 85 904 295 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining O‘rtachirchiq tuman bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan edi.
Taraflarga ijro ishining qo‘zg‘atilganligi haqida qarorlar bilan tanishtirilgach, qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida vakolatli organlarga so‘rovnomalar yuborilgan.
Davlat ijrochilarining majburiy ijro harakatlari natijasida jami 85 904 295 so‘m qarzdorlik to‘liq undirildi.
Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituvidan tamomlanib, qarz qisqa vaqt mobaynida undirib berilgani uchun,undiruvchi I.Logachev byuro xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
Izoh (0)