• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2020-yildan sholichilik klasterlari tashkil etiladi

    Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida “Sholichilikni barqaror rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

    Foto: Norma

    Foto: Norma

    Hujjatga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirliklari, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashining sholi yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va sotishga ixtisoslashtirilgan “O‘zbeksholichiligi” uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi ko‘zda tutilmoqda.

    Quyidagilar uyushmaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilanadi:

    • sholichilikni rivojlantirish borasida qabul qilingan dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
    • yuqori sifatli sholi mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda aholini bunday mahsulotlar bilan ta’minlashni tashkil etish;
    • sholi urug‘chiligini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalar asosida yuqori hosilli mahalliy sholi navlarini yaratishda Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik qilish;
    • sholichilik sohasida faoliyat yuritayotgan xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, xodimlarning mazkur tashkilotlarda doimiy ravishda malakasini oshirib borishni tashkil etish hamda xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb qilish;
    • hududlar kesimida sholi yetishtirishning prognoz hajmlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
    • sholi yetishtirish, qabul qilish, sifatini aniqlash, saqlash, qayta ishlash va hisobini yuritish hamda ushbu mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
    • zamonaviy qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish, yopiq sig‘imlar qurish va ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashish;
    • sholi va guruch mahsulotlarining ichki hamda tashqi bozorlaridagi narxlari monitoringini yuritish.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyat hokimliklari uyushma, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda har yili 1-martga qadar suv balansi prognozidan kelib chiqqan holda sholi ekinlarini joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

    Uyushma qoshida yuridik shaxs tashkil etmagan holda sholichilikni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2020-yil hosili uchun sholichilik klasterlarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni 2020-yil 1-yanvariga qadar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

    Sholichilik klasterlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:

    • ishlab chiqarishning (xizmat ko‘rsatish) innovatsion texnologiyalaridan foydalangan holda sholi yetishtirish yoki shartnoma asosida sotib olish, qabul qilish, saralash, saqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish ta’minlanadi;
    • sholichilik klasteri iqtisodiy jihatdan barqaror faoliyat yuritayotgan, zaruriy infratuzilma obyektlari, shuningdek, mol-mulk va boshqa vositalarga ega bo‘lgan, birinchi navbatda, salohiyatli mahalliy investorlar tomonidan tashkil etiladi;
    • sholichilik klasteriga yer maydoni ijara huquqi asosida yuridik va jismoniy shaxslarga ajratilmagan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan, zaxiradagi yerlardan, qayta tiklanadigan hamda foydalanishga kiritiladigan yer maydonlaridan o‘rnatilgan tartibda ellik yilgacha bo‘lgan, lekin o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga ajratiladi;
    • hosil yili uchun sholichilik klasterini tashkil etish bo‘yicha takliflar har yilning 1-yanvariga qadar shakllantiriladi;
    • sholichilik klasterini tashkil etish uchun alohida normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi talab etilmaydi;
    • sholichilik klasteriga qishloq xo‘jaligida foydalanish maqsadida ajratilgan yer maydonlaridan bir yil mobaynida foydalanmaslik, tuproq unumdorligining pasayishiga, kimyoviy va radioaktiv ifloslanishiga, atrof muhitning buzilishiga, respublika hududida karantin obyektlarining paydo bo‘lishiga va tarqalishiga olib keluvchi usullardan foydalanish yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
    • sholichilik klasteriga yer maydoni ajratish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari va tashabbuskorlar o‘rtasida yozma ravishda tuziladigan bitim asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi;
    • xorijiy investorlar ishtirok etayotgan sholichilik klasterlariga yer maydoni Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan tuziladigan investitsiya kiritish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangandan so‘ng Vazirlar Mahkamasi tomonidan ajratiladi.
    2020-yil sholi hosilidan boshlab:
    • tuman hokimligi qaroriga asosan fermer xo‘jaliklari kesimida belgilangan sholi yetishtirish hajmidan kelib chiqib, sholichilik klasterlari bilan sholi yetishtiruvchi xo‘jaliklar o‘rtasida fyuchers shartnomalari tuziladi;
    • sholichilik klasterlariga sholi hosilini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun mahsulot qiymatining 60 foizi miqdorida xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki tomonidan markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan foizlarda kredit mablag‘lari ajratiladi;
    • sholichilik klasteri ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zaro tuzilgan fyuchers shartnomasiga asosan sholi yetishtiruvchi xo‘jaliklarga bo‘nak tariqasida to‘lab beradi va ushbu mablag‘lar urug‘lik, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, yonilg‘i moylash mahsulotlari, mexanizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi;
    • sholichilik klasteri bo‘nak mablag‘lar yoki moddiy resurslar ajratmagan taqdirda, yetishtirilgan sholi to‘lig‘icha fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qoldiriladi;
    • sholichilik klasteri sholi yetishtiruvchi xo‘jaliklarga mahsulot qiymatining 60 foizidan kam miqdorda bo‘nak ajratgan taqdirda, fermer xo‘jaliklari ajratilgan bo‘nak miqdoriga teng qiymatda sholi yetkazib beradi;
    • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi sholi maydonlarida agrotexnik tadbirlarining o‘z vaqtida o‘tkazilishi va bo‘nak mablag‘larining maqsadli foydalanishi ustidan doimiy nazorat olib boradi;
    • sholichilik klasteri tomonidan xarid qilinadigan sholining narxi sarflanadigan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib, fermer xo‘jaliklari bilan tuziladigan shartnoma asosida bozor bahosida belgilanadi;
    • sholichilik klasteri sholi yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklaridan xarid qilingan sholi uchun yakuniy hisob-kitoblarni hosil yilining 31-dekabriga qadar to‘liq amalga oshiradi;
    lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi xarid qilish, mineral o‘g‘itlar, urug‘lik, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va boshqa resurslar yetkazib berish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari uchun normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan shartlar hamda tartiblar sholichilik klasterlariga ham tatbiq etiladi.

    14.10.2019, 20:35   Izoh (0)   21837
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Qoraqalpog‘istonda poyezd favqulodda tormoz berib Nexia’ni urib to‘xtadi

    14.10.2019, 20:19

    Shavkat Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisi bilan uchrashdi

    14.10.2019, 20:05

    O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab korxonalar tugatilishi uchun 17 ta hujjat to‘plab, to‘qqiz oy kutishi shart bo‘lmaydi

    14.10.2019, 19:49

    “Muammo — mutasaddilarda”. Sirdaryo hokimi G‘ofurjon Mirzayev daraxt kesishga ruxsat beruvchi kadrlar masalasini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi

    14.10.2019, 19:34

    Bosh prokuratura “Qashqadaryoda bir uy ikki xaridorga pullandi” sarlavhali maqola yuzasidan bayonot berdi

    14.10.2019, 19:18

    Video: Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lida yuk mashinasi yonib ketdi

    14.10.2019, 19:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent yoki Samarqand — qaysi shaharda yashash arzon va qulay?

    O‘zbekiston | 18 iyul, 17:35

    Yevropadagi yong‘inlar Lyuksemburg kattaligidagi hududni kul qildi

    Dunyo | 18 iyul, 17:10

    Gapirmaydi, faqat akillaydi: Tailandda itlar orasida ulg‘aygan bola topildi

    Dunyo | 18 iyul, 16:55

    Luis Enrike “PSJ” rahbariyatidan 3 narsani talab qildi

    Sport | 18 iyul, 16:50

    “Ukraina Rossiyaga qarshi turish uchun qurol ishlab chiqarishni oshiradi” — Zelenskiy

    Dunyo | 18 iyul, 16:40

    Turk seriallari suratga olinadigan joylarga sayohat: qaysi hududda mashhur aktyorlarni uchratish mumkin?

    Kino | 18 iyul, 16:30

    Form kompaniyasi suzuvchilar uchun Smart Swim 2 nomli “aqlli” ko‘zoynaklarni taqdim etdi (foto)

    Texnologiyalar | 18 iyul, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.