Rossiyaning Leningrad viloyati, Viborg tumanida buqa o‘zbekistonlik cho‘ponni toptab tashladi. Bu haqda “Konkretno.ru” xabar bermoqda.
Voqea 13-oktabr kuni sodir bo‘lgan. Yaylovga olib chiqilgan buqa cho‘ponga tashlanib, shoxiga ilib olgan va uloqtirib yuborgan. U olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘ldi. 55 yoshli migrant 2018-yil 1-dekabrda Rossiyaga kelgan.
2019-yil may oyidan boshlab esa mahalliy tadbirkor ayolning chorvasiga qaragan.
Izoh (0)