Hindistonning Tamilnad shtatida suv to‘g‘oni oldida selfi qilmoqchi bo‘lgan to‘rt nafar fuqaro fojiali tarzda halok bo‘ldi. Bu haqda Times of India xabar berdi.
Yosh kelin-kuyovlar Nivediya va Praxbu hamda ularning qarindoshlari Uvarani, Santosh, Snexa va Kanita suv to‘g‘oni yonida suratga tushgan. Kutilmaganda selfi qilayotgan Praxbu qarindoshlarning hammasi suvga qulab tushgan. Kuyov faqat Uravanini qutqarib olgan, qolganlar suvga cho‘kib ketgan.
Hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari boshlandi.
Izoh (0)