Afg‘onistonning Nangarxar viloyati Jalolobod shahrida mikroavtobus yaqinida portlash amalga oshirilishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan va 27 kishi tan jarohati olgan, deb xabar bermoqda “Izvestiya”.
Hodisa Afg‘oniston yollash markaziga tegishli, harbiylar bo‘lgan mikroavtobus yonida minalashtirilgan mototsiklning portlashi oqibatida sodir bo‘lgan. Talofat ko‘rganlar og‘ir ahvolda shifoxonalarga yetkazilgan. Halok bo‘lganlar orasida bir nafar bola borligi xabar qilinmoqda.
Yuz bergan hodisa bo‘yicha mas’uliyatni mamlakatdagi hech bir terroristik tashkilot o‘z zimmasiga olmagan. Avval mamlakatda sodir bo‘lgan boshqa bir portlashda 3 kishi qurbon bo‘lgandi.
Mavzuga doir:
- Afg‘onistonda “Tolibon” kasalxona yaqinida terakt uyushtirdi. 20 kishi halok bo‘lgan, 100 ga yaqin odam yaralangan
- Afg‘onistonda terrorchilar prezidentning saylovoldi chiqishi vaqtida portlashni amalga oshirdi. 25 nafar odam halok bo‘ldi
- Kobuldagi to‘yda yuz bergan portlash qurbonlari soni 80 kishiga yetdi
Izoh (0)