Hindistonning Odisha shtatida yovvoyi fil uning fonida selfi olmoqchi bo‘lgan yigitni yanchib tashladi. Bu haqda Pragativadi nashri xabar bermoqda.
Nimidibed qishlog‘ida yashovchi Jayakrushna Nayak o‘z galasidan ajralib qolgan yolg‘iz fil bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan. Jonivor odatdagidan ko‘ra sekinroq harakatlangan va xasta bo‘lib ko‘ringan, shu tufayli Nayak uni xavfsiz deb o‘ylagan. Ammo yigit endi suratga olmoqchi bo‘lganida, fil unga tashlangan.
Jabrlanuvchini og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazishdi, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi.