• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev fond bozorini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr, dushanba kuni fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qimmatli qog‘ozlar bozori iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘larini jamlash va uni investitsiya jarayonlariga yo‘naltirishning muhim vositasidir. Bu boradagi islohotlarning dastlabki bosqichi sifatida joriy yil boshida Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tuzildi. Davlat obligatsiyalari fond bozoriga qayta chiqarildi, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

    Ta’kidlanishicha, qimmatli qog‘ozlar chiqarib, ularni fond bozorida sotish mexanizmidan samarali foydalanilmayapti. Fond bozoridagi aksiyalarning jami qiymati 25 trillion so‘m bo‘lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6 foizga ham yetmaydi. Bu ko‘rsatkich Singapurda 188 foiz, Malayziyada 112 foiz, Rossiyada 34 foizni tashkil etadi.

    Mamlakatda joriy yilda chiqarilgan davlat obligatsiyalari valyuta birjasi orqali faqatgina tijorat banklariga sotilgan. Fond bozori professional ishtirokchilari soni 100 taga ham bormaydi.

    Shu bois 2020—2025-yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Erkin muomaladagi jami qimmatli qog‘ozlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatini 2025-yil oxirigacha kamida 10—15 foizga yetkazish mo‘ljallangan.

    Yig‘ilishda buning uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Bugungi kunda bu soha 100 ga yaqin normativ hujjatlar bilan tartibga solinib, ko‘plab cheklovlar o‘rnatilgan. Masalan, rivojlangan davlatlarda banklar fond bozorining faol ishtirokchisi hisoblanadi, O‘zbekistonda banklarga boshqa subyektlarning aksiyalarini birlamchi bozorda xarid qilish taqiqlangan.

    Davlat rahbari qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqib, ortiqcha cheklovlarni bekor qilish va fond bozorida ishlashni soddalashtirish zarurligini ta’kidladi.

    Bugungi kunda 605 ta aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining 85 foizi davlatga tegishli. Shundan 105 ta jamiyatning atigi 5 foiz aksiyalari fond bozorida ishtirok etmoqda.

    Jahon amaliyotidan kelib chiqib, kapital bozorida muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar turlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan talabni ko‘paytirish, xorijiy birja, brokerlar va banklarni mamlakat fond bozoriga jalb qilish choralari muhokama qilindi. Sug‘urta kompaniyalariga aktivlarining ma’lum foizini fond bozoriga yo‘naltirish, banklarga birlamchi bozorda yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish uchun ruxsat berish masalalari ko‘rib chiqildi.

    Investorlar va minoritar aksiyadorlar huquqi himoyasini kuchaytirish, dividendlar to‘lash va undirishni takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, xalqaro moliyaviy hisobot va xalqaro audit standartlariga o‘tish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Soha rivoji mutaxassislar malakasi va aholining bu boradagi savodxonligiga ham bog‘liq. Bugungi kunda respublikada tegishli malaka guvohnomasiga ega atigi 300 nafar mutaxassis bor. Rivojlangan mamlakatlarda bu sohada minglab kishilar ishlaydi, deyiladi xabarda.

    Shu bois Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga Toshkent moliya institutining tegishli kafedrasini otaliqqa olgan holda, ilg‘or xorijiy muassasalar bilan hamkorlikda kadrlar malakasini oshirish va talabalarni o‘qitish vazifasi qo‘yildi.

    Fond bozoridagi o‘zgarishlar haqida ko‘proq axborot berib borish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi va amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

    07.10.2019, 22:08   Izoh (0)   34911
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sog‘liqni saqlash vazirligi “Pangraf” o‘rniga “Roligraf” dori vositasi berilganiga munosabat bildirdi

    07.10.2019, 21:27

    Buxoro viloyati soliq boshqarmasi ixtiyoriy paxtaga chiqqanlarga bepul “uy bog‘chalari”ni tashkil qildi

    07.10.2019, 21:06

    Namanganda hujjatlarni qalbakilashtirgan fuqaro davlatga 771 mln so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi

    07.10.2019, 20:45

    Majburiy ijro byurosi tomonidan “Ustyurtgaz”dan 11 milliard so‘mdan ortiq soliq qarzi undirildi

    07.10.2019, 20:26

    O‘zbekistonda dunyodagi eng qimmat dorilarga qo‘shiladigan o‘simlik o‘sishi aniqlandi. Mahalliy aholi va olimlar esa bundan bexabar

    07.10.2019, 20:09

    “O‘zdonmahsulot”ning fermer xo‘jaliklaridan qarzi borligi va uni to‘lashga imkoni yo‘qligi ma’lum qilindi

    07.10.2019, 19:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.