Toshkent shahar IIBB muqim yashash joyi bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida istiqomat qiluvchilar uchun yoga mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mashg‘ulotga qiziqish bildirgan markazda yashovchilar hovliga chiqib, murabbiyga diqqat bilan quloq soldi va uning ortidan barcha harakatlarni takrorladi.
“Mazkur mashg‘ulotlarni o‘tagan volontyor yoga bilan shug‘ullanish bu yerda bo‘lib turgan kishilarning ijtimoiy moslashuvi va hayot tarzini o‘zgartirishga xizmat qilishiga ishonchi komil”, — deyiladi IIBB xabarida.
Izoh (0)