Yan Voz boshchiligidagi BREG Belgiya kompaniyalari guruhi delegatsiyasi 8—13-oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar beradi Jahonnews.
Tashrif doirasida Namangan viloyati rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Uchrashuvlarda BREG guruhining tajribasini hisobga olgan holda O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasida sarmoyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Namanganda bioenergetikani rivojlantirish uchun chiqindilarni utilizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Belgiyalik tadbirkorlar 9—10-oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan II Markaziy Osiyo “Yashil texnologiyalar, atrof-muhitni muhofaza qilish va utilizatsiya — GET Central Asia 2019” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi.
Izoh (0)