Janubiy Koreyaning Ulsan portida Stolt Groenland yuk tashuvchi kemasi portladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Kemada Kayman orollari bayrog‘i ostida neft mahsulotlari tashilayotgan bo‘lgan. Kema mahalliy vaqt bilan soat taxminan 10:51 da portlagan va yong‘in sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, hodisa vaqtida kemada bo‘lgan 25 nafar ekipaj a’zolarining 10 nafari, shu jumladan, kapitan ham rossiyalik yoki ukrainalik bo‘lgan. Ularning barchasi evakuatsiya qilingan.
Yong‘in kema korpusiga tez tarqalgan va uning yonida prichalga bog‘langan Singapur bayrog‘i ostidagi Bow Dalian yuk kemasiga ham o‘tgan. Kemada 21 nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan. Ular qaysi millat vakillari ekanligi noma’lum. Ular ham evakuatsiya qilingan.
https://www.instagram.com/p/B28YJc_noaz/?utm_source=ig_web_copy_link
Hozirda 9 kishi jabrlangani ma’lum. Ulardan biri og‘ir ahvolda deb baholanmoqda. Jabrlanganlar orasida rossiyaliklar bor-yo‘qligiga hozircha aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)