O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan 23-sentabr kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi “Surxongeologiya” davlat korxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, qaror bilan “Hisorgeologiya” davlat korxonasining Surxondaryo dala geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi negizida “Surxongeologiya” davlat korxonasi tashkil etilgan.
Surxondaryo viloyati mineral-xomashyo bazasini jadal rivojlantirish, hududda foydali qazilmalarning yangi turlarini va sanoatbop konlarini aniqlash hamda yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish uchun zamin yaratish korxonaning asosiy vazifalaridan biridir.
Izoh (0)