O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan edi. Ordenga qo‘shib beriladigan mukofot pulini viloyat hokimi rus milliy madaniy markazi viloyat bo‘limiga sovg‘a qildi, deb xabar beradi “Auz.uz”.
“Mazkur mablag‘ bizga kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Undan faoliyatimiz samaradorligini oshirishda foydalanamiz”, — deydi markaz viloyat bo‘limi rahbari Yelena Babenko.
“Mehnat shuhrati” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ko‘ra, orden bilan mukofotlangan shaxslar eng kam ish haqining qirq barobari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotini ham oladi.
Izoh (0)