Toshkentdagi “Cho‘pon ota” masjidida 16-sentabr kuni 21 yoshli Husniddin K. 18 yoshli Jamshed R.ning namozga kirganligidan foydalanib, uning ichida shaxsiy buyumlari va 894 ming so‘m puli bo‘lgan portfelini o‘g‘irlab ketgan.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, Husniddin voqea joyidan yashiringaniga qaramay, tez orada huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Qayd etishlaricha, Husniddinga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga doir:
- Namanganda masjiddan velosipedlarni o‘g‘irlab, sotib yuborgan shaxsga jazo tayinlandi
- Toshkentdagi qabristonlarda ehson qutilarini tunagan o‘g‘ri ushlandi
- Minor masjidida o‘g‘rilik qilgan erkak sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi
- Toshkentdagi “Xoja Ahror Valiy” masjidida telefon o‘g‘irlandi. Gumonlanuvchining surati ham bor, biroq jabrlanuvchi unga imkon bermoqchi
Izoh (0)