2020-yildan boshlab Primorye o‘lkasi hududida patentlar asosida ishlovchi xorijlik haydovchilarning transport sohasida faoliyat yuritishi taqiqlanishi mumkin. Viloyat hokimi Oleg Kojemyako shunday farmoyishga imzo chekdi, deb xabar bermoqda “Primorsky.ru”
Huquqni muhofaza qilish sohasini muvofiqlashtirish departamenti vakillarining bildirishicha, kelasi yildan patentlar asosida ishlovchi xorijlik haydovchilarni ishga jalb qilish to‘xtatiladi.
Shu tariqa shahar va shaharlararo qatnaydigan avtobuslar, shuningdek, tramvaylar, trolleybuslar va taksida xorijlik haydovchilarning ishlashi taqiqlanadi.
Turistik va ekskursiya yo‘nalishlarida ijaraga olingan avtobuslarda ishlovchi haydovchilar bundan mustasno, deyiladi idora xabarida.
Ushbu farmoyish sabab Primorye o‘lkasida faoliyatini patent orqali yuritayotgan 300 dan ortiq xorijlik haydovchi, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ham ishsiz qolishi mumkin.
Izoh (0)