Prezident qaroriga muvofiq To‘lqin Abdusattorov adliya vazirining o‘rinbosari – Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
To‘lqin Abdusattorov 1978-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1999-yilda Samarqand davlat universitetini, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2007-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
To‘lqin Abdusattorov mehnat faoliyatini 2003-yilda Fanlar akademiyasi falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan.
2019-yil mart oyidan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, Qonunchilik palatasi deputati, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori Rahim Hakimov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)