• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    25-sentabrdan paxta terimi bo‘yicha monitoring o‘tkaziladi. Voyaga yetmaganlarning paxta terishiga yo‘l qo‘yilmaydi

    O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasida “2019-yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoit yaratish, mavsum davomida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan Milliy monitoringni tashkil qilish borasida olib borilayotgan ishlar” mavzusida brifing o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Brifingda joriy yilda ham mazkur monitoringni o‘tkazish rejalashtirilgani, u 25-sentabrdan 31-oktabrgacha davom etishi hamda bu yilgi Milliy monitoring O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan tashkil etilgan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilishi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

    Xususan, monitoringga tarmoq va hududiy kasaba uyushmalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi va joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, shuningdek, mahalliy huquq himoyachilari ham jalb etilishi bildirildi. Milliy monitoringda AQSh, Yevropa davlatlari va bir qator xalqaro kasaba uyushmalari markazlari vakillarining ishtirok etishi ham kutilayotgani ta’kidlandi.

    Monitoringni sifatli o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan hududiy monitoring guruhlari tuzilib, ular tarkibiga kasaba uyushmalari tashkilotlari hududiy birlashmalari xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining rahbar va mas’ul xodimlari, shuningdek, kelishilgan holda, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish hududiy komissiyalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining joylardagi a’zo tashkilotlari vakillari kiritildi.

    Monitoring guruhlari rahbarlari kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan internet tarmog‘iga ulangan planshetlar bilan ta’minlanadi hamda zaruriy tashkiliy-texnik ko‘mak ko‘rsatib boriladi.

    O‘rganish jarayonida paxta terayotgan voyaga yetmagan shaxslar aniqlansa, ularni zudlik bilan daladan olib chiqish va o‘quv dargohiga yoki uyiga qaytarish choralari ko‘riladi. Bu haqda akt (dalolatnoma) tuziladi va mehnat inspeksiyasiga aybdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish uchun yuboriladi.

    Majburiy mehnatdan foydalanish holatlari aniqlangan holda ham zudlik bilan akt tuziladi hamda mehnat inspeksiyasi chaqirilib, ularni ish joylariga qaytarish choralari ko‘riladi. Shu bilan birga mazkur vaziyatni o‘rganish uchun hududiy “Qayta aloqa mexanizmi” (MOS) vakillariga ham xabar beriladi. Eslatib o‘tish joizki, xodimlarning mehnat huquqlari buzilishini oldini olishga qaratilgan Qayta aloqa mexanizmi (MOS) O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimida tashkil etilgan bo‘lib, mavsum davomida uzluksiz ravishda kecha-yu kunduz ishlaydi, bunda 1092 qisqa raqamli “ishonch telefonlari”, internet saytlar, Telegramm ijtimoiy tarmog‘i imkoniyatlaridan keng foydalaniladi.

    Milliy monitoring davrida o‘rganish natijalarini oshkor etmaslik tamoyiliga amal qilinadi va monitoring yakunlari dekabr oyida Xalqaro mehnat tashkiloti bilan birgalikda o‘tkaziladigan davra suhbatida batafsil e’lon qilinadi. (O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi va “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan kelishilgan “Monitoring uslubiyoti” talablariga muvofiq oshkor etmaslik tamoyiliga amal qilinadi).

    Alohida ta’kidlanishicha:

    – korxona, tashkilot va muassasalar xodimlaridan hech kimni mehnat shartnomasini bekor qilish yoki intizomiy jazo berish tahdidi ostida paxta yig‘im-terimiga jalb etish mumkin emas;

    – hech bir korxona, tashkilot, muassasa rahbari xodimlarni paxta yig‘im-terimiga yuborish to‘g‘risida buyruq chiqarishi mumkin emas;

    – mehnatkashlar, tadbirkorlar, dehqon bozorlarida savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchilar, mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan paxta yig‘im-terimi uchun pul mablag‘lari yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi;

    – terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun to‘lanadigan terim pullari har besh kunda, terimchilar xohishiga ko‘ra zarurat tug‘ilganda – har kuni to‘lanishi lozim.

    Mavzuga doir: Mehnat vaziri o‘rinbosari: “Joriy yildan boshlab hokimlardan paxta rejasini to‘ldirish talab qilinmaydi”

    19.09.2019, 12:59   Izoh (0)   22127
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda avtomobillarning bojxona to‘lovlari bosqichma-bosqich pasaytirib boriladi

    19.09.2019, 12:13

    TopGear, “Vokrug Sveta”, National Geographic O‘zbekistonning turistik targ‘ibotiga jalb qilinadi

    19.09.2019, 11:57

    Toshkentda xayriya pullarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan kiberfiribgarlar guruhi qo‘lga olindi (video)

    19.09.2019, 11:42

    Qonunchilik palatasi deputati Rahim Hakimov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi

    19.09.2019, 11:11

    “Toshshahartransxizmat”ning 38 mlrd so‘mlik, Toshkent metrosining 9 mlrd so‘mlik moliyaviy zarari budjet hisobidan qoplanadi

    19.09.2019, 10:24

    Qoraqo‘tonda o‘zboshimchalik bilan oltin qazimoqchi bo‘lganlarni tosh bosib qoldi. U yerda ko‘ngilsiz hodisalar muntazam yuz beradi

    19.09.2019, 10:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.