• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshi shahar hokimligi “Tadbirkor muammosi hal etildi”, demoqda. 4 yildan beri sarson tadbirkor esa muammo haligacha yechim topmaganidan nolimoqda

    “Daryo” nashrida “Qashqadaryoda yana ‘snos’ muammosi: Uyi va dorixonasi buzib tashlangan tadbirkor 4 yildan beri haqini ololmay sarson bo‘lmoqda” sarlavhali maqola chop etilgandi. Ushbu maqolaga Qarshi shahar hokimligi munosabat bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qarshi shahar hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, maqolada ko‘tarilgan masala hokimlik tomonidan o‘rganib chiqilgan va tadbirkorning dorixonasi uchun berilgan yerto‘laga kirib-chiqish eshigi o‘rnatilgan.

    “Haqiqatan ham 2015-yilda fuqaro Nurillayev G‘anisherga tegishli bo‘lgan, Qarshi shahri I.Karimov ko‘chasidagi 13-uy 6-xona ‘Hamrayev Erkin ta’mir binokor servis’ xususiy korxonasi tomonidan buzib olingan. Bu ish birinchi prezidentning 2013-yil 25-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan dastur asosida amalga oshirilgan, — deyiladi hokimlik axborot xizmatining munosabatida. — Mulkni buzib olish va yetkazilgan zararni qoplash masalasi 2015-yil 13-avgustdagi 15-sonli shartnoma bilan mustahkamlangan. Mazkur hujjatda qayd etilishicha, taraflar buzilishga tushgan turar joy evaziga shu yerning o‘rnida quriladigan yangi ko‘p qavatli uyning 1-qavatidan umumiy maydoni 50 kvadrat metr bo‘lgan noturar joy yerto‘lasi (maydoni 50 kvadrat metr) bilan xususiy mulk qilib berilishiga kelishishgan. Buning uchun qo‘shimcha to‘lov nazarda tutilmagan. Tadbirkorlik subyekti bu haqda fuqaroga kafolat xati ham taqdim etgan. 2016-yilning to‘rtinchi choragi obyektni Davlat komissiyasiga to‘liq topshirishning oxirgi muddati etib belgilangan”.

    Qarshi shahar hokimligi tadbirkor uchun berilayotgan noturar joy hali-beri tadbirkor nomiga o‘tkazilmasligini yozmoqda. Ularning aytishicha, quruvchi kredit olish uchun mazkur ko‘p qavatli uyni garovga qo‘ygan.

    “Hamrayev Erkin ta’mir binokor servis” xususiy korxonasi rahbariyati taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, “Mustaqillik” mahallasi I.Karimov ko‘chasidagi buzilgan uylar o‘rnida tushgan yangi qo‘p qavatli uy qurilishi tijorat banki krediti hisobiga moliyalashtirilgan. Mavjud tartibga ko‘ra, qurilish tashkiloti bank oldidagi qarzni to‘liq qoplamaguncha bank mulkni garovda ushlab turishi, uni fuqarolarga rasmiylashtirib bo‘lmasligi bildirilgan.

    Demak, uyi va dorixonasi buzilgan tadbirkor yangi bino qurilishini 4 yil kutgani yetmaganidek, endi “quruvchi kreditini qachon yopadiyu, qachon hujjatlarni rasmiylashtiraman” deb ham yana bir necha yil kutadimi? Tadbirkorning manfaati eng oxirgi o‘rindami?

    Ma’lum qilishlaricha, Qarshi shahar hokimligi tadbirkorga berilishi ko‘zda tutilgan noturar joyni ham borib ko‘rgan.

    “Qo‘p qavatli uyning birinchi qavatidan ajratilgan xona aslida 53 kvadrat metr, yerto‘lasi esa 100 kvadrat metr ekani tegishli kadastr hujjati va o‘tkazilgan o‘lchov ishlari chog‘ida o‘z tasdig‘ini topdi, — deyiladi hokimlik munosabatida. — Ya’nikim, qurilish tashkiloti shartnomada belgilanganidan ko‘ra ortiqchasi bilan noturar joy taklif etgan. Ishchi guruhi o‘rganishi davomida qurilish tashkiloti va fuqaro o‘rtasidagi asosiy tushunmovchilik yerto‘laga qo‘shimcha kirib-chiqish imkonini beruvchi yo‘lak bilan bog‘liq ekani oydinlashdi. Fuqaro yo‘lak ochib berishni talab qilgan joy bugungi kunda boshqa bir tadbirkorga tegishli. Albatta, quruvchi ushbu qo‘p qavatli uyni tijorat maqsadini ko‘zlab, sotib daromad olish uchun bunyod etgan. Bu borada uni ayblash noo‘rin. Qonunga zid xatti-harakat, fuqaro G‘.Nurillayev huquqini buzuvchi holat qayd etilmadi”.

    Hokimlikning “Albatta, quruvchi ushbu qo‘p qavatli uyni tijorat maqsadini ko‘zlab, sotib daromad olish uchun bunyod etgan”, degan gapiga tamoman qo‘shilgan holda, hokimlikka bir savol bilan yuzlanamiz. Quruvchi tadbirkor yo‘lak deya atayotgan xonani avvaldan boshqa tadbirkorga sotishni maqsad qilgan bo‘lsa, unda nega tadbirkorga mo‘ljallangan xonadan o‘sha yo‘lakka chiquvchi eshik o‘rnatadi? Qani bu yerda mantiq?

    Hokimlik axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, tadbirkorning yerto‘lasiga ko‘p qavatli uyning orqa tomonidan kirish eshigi ochib berilgan. Tadbirkor G‘.Nurillayev esa boshqa e’tirozi yo‘qligini ma’lum qilgan.

    Hokimlik tadbirkorning boshqa e’tirozi yo‘q deyaptiyu, buni asoslovchi biror bir hujjat ko‘rsatmayapti. Shu boisdan ham tadbirkor G‘anisher Nurillayev bilan bog‘landik.

    — Dorixonam yerto‘lasiga kirib-chiqish uchun alohida yo‘lak ochib beramiz deyishgandi, — deydi G‘anisher Nurillayev. — “Mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini ham taqdim etamiz” deyishgandi, ammo haligacha jimlik. Shunchaki eshik ochib qo‘yish bilan ish bitmaydi.

    Tadbirkorning aytishicha, muammoga yetarli darajada e’tibor qaratilmayotganligi bois, u mas’ullar bilan uchrashish niyatida Toshkentga ketgan.

    Qarshi shahar hokimligi axborot xizmati muammoga yechim topilganligini yozish barobarida, tahririyat jurnalistini masalaga noxolis yondashuvda ayblaydi.

    Unda shunday deyiladi: “Avvalo maqola sarlavhasida bo‘rttirish borligini qayd etmay ilojimiz yo‘q. Shu yo‘sinda mavzuni kuchaytirishga, vahima uyg‘otishga urinilgani ko‘rinib turibdi. Sarlavhada urg‘u berilgani kabi aslida masala ‘snos’ga taalluqli emas. Negaki gap uy-joyni buzib olish haqida ketmayapti. Avval boshdan bu borada muammo bo‘lmagan, aks holda quruvchi va fuqaro zararni qoplash haqida o‘zaro shartnoma imzolamagan, kelishuvga bormagan bo‘lardi. Hammasi ana shu shartnoma shartlarining qay darajada bajarilganiga taqalgan. Birgina yo‘lak ochilishi bilan muammo barham topgani ham fikrimizni isbotlaydi”.

    Qiziq, hokimlik axborot xizmati munosabati avvalida tadbirkorning uyi hamda dorixonasi 2015-yil qurilish tashkiloti tomonidan buzib tashlanganligini yozyapti. Keyin esa gapidan qaytib, “Negaki gap uy-joyni buzib olish haqida ketmayapti” deyapti. Axborot xizmati o‘zi yozgan munosabatni o‘zi o‘qidimikan?

    Hokimlik axborot xizmati jurnalistni ayblashda davom etadi va “Tadbirkor 4 yildan beri haqini ololmayapti, deyilmoqda. Bu ham jurnalistning vaziyatni xolis turib o‘rganmagani, sababi bilan qiziqmagani, obyektiv omillarni e’tiborga olmagani bilan bog‘liq”, deydi.

    Oddiy arifmetika: Uy va dorixona 2015-yil buzilgan. Hozir 2019-yilda yashayapmiz. Shu paytga qadar tadbirkorga noturar joy berilmagan. Demak, oradan to‘rt yil o‘tgan bo‘ladimi?

    — Maqolada yana bir jihat e’tibordan chetdan qoldirilgan, — deyiladi hokimlik axborot xizmatining munosabatida. — Quruvchi buzilgan uy-joy evaziga fuqaro G‘.Nurillayevga shartnomada ko‘rsatilganidan ortiqchasi bilan joy taklif qilgan. Birinchi qavatda joylashgan noturar joyning maydoni 53 kvadrat metrni, yerto‘laning maydoni esa 100 kvadrat metrni tashkil etadi. Vaholanki, o‘zaro kelishuvga ko‘ra, bu raqam mos ravishda 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmasligi kerakligi aytib o‘tilgan.

    Hokimlik axborot xizmati mas’ullari og‘iz ko‘pirtirib, “tadbirkorga 53 kv/metr noturar joy va 100 kv/metr yerto‘la berildi”, deyapti. Lekin buni asoslovchi biror bir hujjat ko‘rsatishga ojiz. Demak, tadbirkorning chirqirashida jon bor.

    Hokimlik axborot xizmati muxbirning maqolada shahar hokimini tilga olishini “jurnalistning aybdorlarni ko‘paytirishga urinishi”, deya baholaydi.

    “... maqolada muallif aybdorlarni ko‘paytirishga, tekshirib ko‘rmagani holda mutasaddilarni asossiz ravishda yomonotliq qilishga uringani seziladi. Muammo faqat ikki kishi o‘rtasida, rozi-rizolik bilan hal qilinishi kerak bo‘lsa-da, maqolada Qarshi shahar hokimligi ham tilga olinadi”.

    Qarshi shahar hokimligi axborot xizmati mas’ullari “snos” masalasi hokim aralashuvisiz bitmasligini yaxshi bilashadi, albatta. Shunday bo‘lsa-da, maqolada hokim tilga olinganini “xato” deya baholashmoqda. Bundan xulosa qilish mumkinki, tadbirkor hokim qabuliga borganda “bu masalaga hokim aralashmaydi”, deb murojaatchini iziga qaytarishgan ko‘rinadi. Yo‘qsa, tadbirkor OAV ga murojaat qilib, adolat izlamasdi.

    Hokimlik maqolada tilga olingan boshqa masala haqida hech qanday ma’lumot bermagan. Aholi xonadonlaridagi isitish masalasiga e’tibor qaratmagan. Demak, bu masala bilan umuman qiziqmagan ko‘rinadi. Aholining “Daryo” muxbiriga takroriy murojaat qilishicha, quruvchi “otopleniye”ni bir haftada o‘rnatib berishni va’da qilgan bo‘lsa-da, va’dasida turmagan. Aholi muammosi haligacha yechilmagan.

    17.09.2019, 08:07   Izoh (0)   18259
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    XDP O‘zbekistonda “tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor”ni belgilash tashabbusi bilan chiqmoqda

    17.09.2019, 07:51

    O‘zbekiston fuqarolari pasportlarini eng ko‘p yo‘qotayotgan mamlakat nomi e‘lon qilindi

    17.09.2019, 07:27

    O‘zbekistonda necha nafar qiz 17 yoshgacha ona bo‘lgani hisoblab chiqildi

    16.09.2019, 23:43

    Harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Prezident qarori qabul qilindi

    16.09.2019, 23:28

    Paxtachilik ayol MIB xodimlarini tayoq bilan urib, hujjatlarni yoqib yubordi

    16.09.2019, 23:14

    Toshkentda yo‘l inspektorlari bir haftada salkam 15 mingta qoidabuzarlikni qayd etdi

    16.09.2019, 22:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:20

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    Afsonaviy inson: Maykl Jekson haqida kutilmagan haqiqatlar

    Musiqa | 20 iyun, 20:10

    Bloomberg: Eron Isroildagi shaxsiy kameralarga ulanib hujumlarini aniqlashtirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 20:01

    Yangi buklanadigan iPhone 2026-yilda sotuvga chiqadi

    Gadjetlar | 20 iyun, 19:50

    Qozog‘iston politsiyasi tergovda sun’iy intellekt yordamchisini qo‘lladi

    Dunyo | 20 iyun, 19:40

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Jizzax va Buxoroda jami 2,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:27

    Luis Enrike “Botafogo”ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

    Sport | 20 iyun, 19:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.