O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxonasi vakillari yong‘inda kuyish jarohati olgan o‘zbekistonliklar holidan xabar oldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti xabar beradi.
Ma’lumotda aytilishicha, kasalxonadagi fuqarolar sham zavodida yuz bergan yong‘in sabab kuyish jarohatini olgan. Oqibatda E.A. tanasining 20 foizi, A.O. tanasining 34 foizi kuygan.
Bosh konsulxona vakillari O‘zbekiston fuqarolari holidan xabar olish uchun I.I.Janelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga bordi.
Shifokorlar bergan ma’lumotga ko‘ra, tegishli muolajalardan so‘ng bemorlar holati qoniqarli baholangan. A.O. va E.A. taxminan 20 kun shifoxonada bo‘ladi.
Shuningdek, bosh konsulxona xodimlari qurilish maydonida balandlikdan tushib, jarohat olgan fuqaro holidan ham xabar oldi. Xabarda aytilishicha, K.B. tibbiyot muassasasiga o‘ng qovurg‘asi singan holda joylashtirilgan.
Izoh (0)