O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni bir qator xorijlik fuqarolarni orden bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.
Farmonga muvofiq, BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Helena Freyzer, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Jon MakGregor, AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli va AQShning Jon Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starr “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.
Izoh (0)