“Yermulkkadastr”ning Guliston tumani bo‘limi mas’ul xodimi 3000 dollar miqdorida pora olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Yermulkkadastr” Guliston tuman bo‘limi mas’ul xodimi K.O. fuqaro A.K.ga tuman hududidagi “Zarbdor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan 6 sotix yer maydoni ajratib berish evaziga 3000 dollar pul so‘ragan.
Kadastr bo‘limining mas‘ul xodimi 27-avgust kuni aytgan pulini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)