Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida korrupsion jinoyat sodir etgan kollej xodimi ushlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Boyovut ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji mas’ul xodimi A.A. fuqaro K.K.ga 2011—2013-yillarda o‘qiganligi haqida diplom tayyorlab berish evaziga undan 200 dollar talab qilgan.
Kollej xodimi A.A. mansab mavqeini suiiste’mol qilib, aytilgan pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xabar berishlaricha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)