Germaniyaning HPO Service, Amerikaning Intertech Process Technology, Kanadaning SERPO Mineral Systems va Daniyaning Alliance Capital kompaniyalarining xalqaro konsorsiumi Jizzax viloyatining Uchquloch polimetall rudalar koni bazasida kon-boyitish majmuasini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda HPO Service loyihalar bo‘yicha menejeri Valeriy Larin ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
“Loyiha qiymatini biz 450 million dollarga baholamoqdamiz. U besh bosqichda amalga oshiriladi”, — dedi Valeriy Larin.
Qayd etilishicha, majmuaning qayta ishlash quvvati yiliga 5 million tonna rudani tashkil etadi. Shuningdek, bu yerda rux, qo‘rg‘oshin va kadmiy konsentrati ishlab chiqariladi. Mahsulotning bir qismi Jizzax akkumulyator zavodiga yetkazib beriladi.
“Yil oxiriga qadar biz konga litsenziya olishni rejalashtirmoqdamiz”, — deydi Valeriy Larin.
Izoh (0)