Apellyatsiya shikoyatlari 21-avgustdan 30-avgustgacha Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida yozma va elektron shaklda qabul qilindi, deb xabar berdi DTM matbuot xizmati.
10 kun davomida 3 304 ta apellyatsiya shikoyati kelib tushdi. Ushbu arizalar hududlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 53 ta;Andijon viloyatida — 108 ta;Namangan viloyatida — 84 ta;Farg‘ona viloyatida — 188;Buxoro viloyatida — 166 ta;Xorazm viloyatida — 138 ta;Surxondaryo viloyatida — 145;Qashqadaryo viloyatida — 304 ta;Jizzax viloyatida — 120 ta;Navoiy viloyatida — 92 ta;Samarqand viloyatida — 266 ta;Sirdaryo viloyatida — 59 ta;Toshkent shahrida — 1 581 ta.
Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 26-avgustdan boshlangan bo‘lib, bugun (30-avgust) mazkur jarayonning beshinchi kuni yakunlandi.
Ikki smenada jami 321 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozi ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi.Shundan 258 nafari jarayonda ishtirok etdi, 63 nafari esa ishtirok etmadi.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik bayrami munosabati bilan apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 4-sentabrdan davom ettiriladi.
Izoh (0)