Yaman armiyasi va isyonchi xusiylar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Xusiylar guruhi Saada provinsiyasining sharqiy qismida hukumat kuchlariga pistirma uyushtirgan, deb xabar beradi Korrespondent.net
Hujum oqibatida 25 harbiy vafot etgan, bir qanchasi jarohatlangan va asir olingan.
Gubernator Saadi Hadi Tarshanning aytishicha, Yaman hukumati provinsiyalarda joylashgan harbiy qismlarga sezilarli darajada yordam ajratgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta so‘nggida xusiylar Saudiyaning Saudi Aramco neft koni va qayta ishlash zavodining uchuvchisiz samolyotlariga hujum qilgan, oqibatda zavodda yong‘in yuz bergan.
Yong‘inning kompaniyadagi ish jarayoniga ta’siri bo‘lmagan, biroq neft narxi oshishiga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)