Malayziya Oliy sudi sobiq bosh vazir Najib Razakka nisbatan 1MDB davlat investitsion fondining qariyb 547 million dollari miqdoridagi mablag‘ni o‘zlashtirgani yuzasidan jinoiy ishni ko‘rishni boshladi.
“TASS”ning yozishicha, ilgari garov evaziga ozod etilgan sudlanuvchi unga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etib, uning zamirida siyosiy sabablar yashiringanini ta’kidlamoqda. Qayd etilishicha, birinchi kuni 6 nafar guvoh so‘roq qilinadi. Umumiy hisobda tergov jarayoniga 60 dan ortiq guvohlar chaqiriladi.
Unga nisbatan bir necha ayblovlar bo‘yicha kamida 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish, shuningdek, rotang tayog‘i bilan savalash ko‘rinishidagi jismoniy jazo choralari ko‘zda tutilgan.
Malayziyada sodir etilgan harakatlarni umumlashtirib emas, har bir jinoyat uchun alohida-alohida jazo tayinlash tizimi mavjud. Bundan tashqari, yetkazilgan zararning besh baravari miqdorida jarima solinishi mumkin.
Izoh (0)