Taniqli dizayner Izabel Toledo 59 yoshida saraton tufayli vafot etdi.
Kubada tug‘ilgan va keyinchalik AQShga ko‘chib o‘tgan Toledo 1985-yilda o‘zining ilk kolleksiyasini taqdim etgandi. U Mishel Obama uchun yaratgan libosi bilan tanilgandi. Sobiq birinchi xonim bu libosda eri Barak Obamaning inauguratsiya marosimiga kelgan.
Shuningdek, Izabel Toledo tomonidan tayyorlangan liboslarni aktrisalar Demi Mur, Debi Meyzar va Debra Messing ham kiyib yurgan.
Izoh (0)