Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa kosmik agentligi (YKA) yaqin yillarda Xalqaro kosmik stantsiyaga (XKS) kosmonavtlarni yetkazib berishda Rossiyaning “Soyuz” kosmik kemalaridan foydalanmaydi. Bu haqda YKAning Rossiyadagi doimiy vakolatxonasi rahbari Rene Pishel ma’lumotlariga tayanib Interfax xabar qildi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Yaqin yillarda bizning kosmonavtlarimiz Amerika kosmik kemalarida uchadi”, — dedi Pishel Yevrosiyo Aerokosmik Kongressidagi nutqida.

Uning ta’kidlashicha, bu yevropalik kosmonavtlarning AQSh kvotasi bo‘yicha uchishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, Pishel, agar AQSh va Rossiya “o‘zaro parvozlar” to‘g‘risida kelishib olsa, yevropalik kosmonavtlar yana Rossiya kosmik kemalaridan foydalanishni boshlashi mumkinligini istisno qilmadi.

Rossiyaning “Soyuz” kosmik kemasi kosmonavtlarni XKSga yetkazishning yagona vositasi. AQSh hozirda o‘z kosmik kemalarini ishlab chiqmoqda.

Ayni damda kosmonavtlar “Soyuz-FG” raketasi yordamida XKSga yuborilmoqda. Eskirgan Ukraina analog boshqaruv tizimiga ega raketa uchish moslamasidan modifikatsiya qilingan, Rossiyaning raqamli boshqaruv tizimi bilan jihozlangan “Soyuz-2.1a” raketa uchish moslamasiga o‘tish rejalashtirilgan. Rossiya “Soyuz-FG” raketasidan foydalanish 2020-yilda to‘xtatilib, “Soyuz-2.1a” raketasi yordamida kosmosga uchish rejalashtirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...