Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev hibsxonada turmush o‘rtog‘i Raisa bilan uchrashdi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesaryov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi uchrashuv haqidagi iltimosni qondirgan. Atambayevning boshqa yaqinlari, jumladan, bolalari bunday so‘rov bilan murojaat qilmagan.
—Er-xotin nima haqda suhbatlashgani, uchrashuv qanchaga cho‘zilganini bilmayman. Ammo Atambayev o‘zini yaxshi his etyapti, qo‘shimcha iltimoslar bo‘lmadi, — deydi advokat.
Izoh (0)