Afrikaning Togo davlati Kosovo mustaqilligini tan olmagan 15-mamlakat bo‘ldi. Bu haqda Serbiya tashqi ishlar vaziri Ivitsa Dachich ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Vazirning aytishicha, Belgrad Kosovoni tan olmaslikda davom etadi. Togodan tashqari Kosovoga nisbatan Markaziy Afrika Respublikasi, Palau Respublikasi, Madagaskar, Solomon orollari, Lesoto, Surinam, Granada, Komor orollari Ittifoqi, Burundi, Dominika Hamdo‘stligi, San-Tome va Prinsipi, Liberiya, Gvineya-Bisau, Papua-Yangi Gvineya ham o‘z pozitsiyasini bildirgan.
Avvalroq, Kosovo rasmiylari barcha serbiyalik amaldorlarni mamlakatga kiritmaslikka qaror qilgan. Serbiya tashqi ishlar vazirligi Kosovoning bu harakatini ahmoqlik deb baholadi. Iyun oyida Serbiya agar xalqaro hamjamiyat Kosovoda yashayotgan serblarni himoya qilmasa, Kosovoga bostirib kirishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
Izoh (0)