Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yuk mashinasi va yo‘lovchi tashuvchi uch g‘ildirakli yopiq mototsikl (avtoriksha) to‘qnashishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi.
“TASS”ning yozishicha, voqea Shahjahanpur okrugidagi trassada sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi tezlikni oshirib yuborib, yo‘lovchilar bo‘lgan avtoriksha bilan to‘qnashgan.
Halok bo‘lganlardan tashqari kamida 5 kishi jabrlangan. Ular og‘ir jarohatlar olgan.
Uttar-Pradesh bosh vaziri Yogi Adityanath jabrlanganlarni kasalxonaga yuborish va halok bo‘lganlarning oila a’zolariga kompensatsiya to‘lash haqida buyruq bergan.
Izoh (0)